» » Navoiyda propan o‘rnatilgan Nexia mashinasi butkul yonib ketdi

Navoiyda propan o‘rnatilgan Nexia mashinasi butkul yonib ketdi


26-sentabr kuni soat 12:34 da Navoiy shaharining Sadriddin Ayniy ko‘chasida turgan “Temir yo‘l transport boshqarmasi” MChJga qarashli Nexia rusumli avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga uch daqiqada yetib borgan va yong‘in soat 12:39 da qurshab olinib, soat 12:42 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida Nexia rusumli avtomobil to‘liq yonib ketgan.

Hodisaning kelib chiqish sababi yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, avtomobilda harakatlanib ketayotgan haydovchi yoqilg‘i hidini sezib, avtomobilni yo‘l chetida to‘xtatganligi va qaytadan o‘t oldirgan vaqtida alanga yuzaga kelgani aniqlangan.

Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yetib kelgan vaqtda avtomobilga o‘rnatilgan 65 litr sig‘imdagi propan gaz balloni yong‘in oqibatida portlagan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют