» » Andijondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida 2 ta Damas yonib ketdi

Andijondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida 2 ta Damas yonib ketdi


Andijonda gaz to‘ldirayotgan 2 ta Damas avtomobillarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in havfsizligi xizmatining OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

12-avgust kuni soat 12:40 da Andijon viloyati Ulug‘nor tumani Sariqsuv MFY hududida joylashgan “Viktoriya gaz servis” MChJga qarashli Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining 6-kolonkasida gaz to‘ldirayotgan 2 ta avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 12:50 da yetib borgan va yong‘in soat 12:52 da qurshab olinib, soat 13:00 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘inni keng maydonga tarqalib ketishi oldi olingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida AGTKShning 6-kolonkasida gaz to‘ldirayotgan fuqaro X.X.ga tegishli Damas rusumli avtomobilida yong‘in sodir bo‘lib, alanga uning orqasida navbatda turgan fuqaro J.G‘.ga tegishli Damas rusumli avtomobiliga o‘tib ketishidan ikkala avtomobil to‘liq yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют