» » “Toshshahartransxizmat”ga tutash maydonda yong‘in sodir bo‘ldi

“Toshshahartransxizmat”ga tutash maydonda yong‘in sodir bo‘ldi


17-iyul kuni soat 20:27da Yunusobod tumani, Amir Temur 1-tor ko‘chasi 6a-uyda joylashgan “Toshshahartransxizmat” AJ binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 20:31 da yetib borgan vaqtda “Toshshahartransxizmat” AJ va “Baymirage konctrution design” MChJga qarashli ma’muriy binolar oralig‘ida 3 kvadrat metr maydonda chiqindilar yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Jangovar bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 20:41da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb tahmin etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют