» » Yashnobodda bemorning vafot etganini aytgan shifokorlar marhumning yaqinlari tomonidan ayovsiz kaltaklandi

Yashnobodda bemorning vafot etganini aytgan shifokorlar marhumning yaqinlari tomonidan ayovsiz kaltaklandi


Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlarga tajovuz qilish bilan bog‘liq navbatdagi holat haqida ma’lumot berdi.

25-sentabr kuni soat 22:01 da Toshkent shahar “Tez yordam” stansiyasi Call-markaziga Yashnobod tumani Botkina ko‘chasi 4-uy, 38-xonadonda yashaydigan A.A.ning ahvoli og‘irlashgani haqida qo‘shnisi xabar beradi. Bu ma’lumot zudlik bilan Yashnobod tumani 3-podstansiyasiga yetkaziladi va “Tez yordam” brigadasi soat 22:18 da aytilgan manzilga yetib boradi.

Vrach Q.S. va feldsher M.O. bemor A.A.ni ko‘rikdan o‘tkazganida u vafot etgani ma’lum bo‘ladi. Biroq, bemorning yaqinlari shifokorlardan bemorga ukol qilish, reanimatsiya yordami ko‘rsatishni talab qiladi. Shifokorlar ularga bu foydasiz ekanini tushuntirishiga qaramasdan, bemorning yaqinlari tibbiyot xodimlariga tahdid qilishda davom etadi. Shunda feldsher M.O. uyning yo‘lagiga qochib chiqadi. Bemorning yaqinlaridan uch kishi uning ortidan quvib, yo‘lakda uni kaltaklaydi.

Natijada M.O. jiddiy tan jarohati olib, yo‘lovchi mashinada Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga boradi. U yerda feldsherga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, olgan tan jarohati og‘ir bo‘lgani uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yuboriladi. Bemorga bosh miya yopiq jarohati, yuz-jag‘ jarohati, ko‘krak qafasi yopiq jarohati, buyrak jarohati tashxisi qo‘yilgan. Shifokor Q.S. ham jiddiy tan jarohati olgani bois, ayni paytda davolanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlarning salomatligini qat’iy nazoratga olgan. Shu bilan birga, mazkur holatga huquqiy baho berish, tibbiyot xodimlarining haq-huquqini himoyalash maqsadida Toshkent shahar prokuraturasiga murojaat yo‘llandi.

“Shu o‘rinda aytmoqchi edikki, shifokor o‘z halovatidan kechib, o‘zgalarning sog‘lig‘ini ko‘zlab, kunni tunga ulab mehnat qiladi. Sog‘lig‘i yomonlashib, ko‘makka muhtoj bo‘lgan insonning hayoti va salomatligi uchun bor kuch-salohiyatini bag‘ishlaydi. Shunday ekan, yaxshilik qilgan insonga yomonlik qilish, shifokor hayotiga tajovuz qilish insoniylikka mutlaqo ziddir. Umid qilamizki, keng jamoatchiligimiz jamiyatimizda ro‘y berayotgan bunday illatlarga befarq bo‘lmaydi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2019, 06:29)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют