» » Xorazmda bo‘yoq suyultirgich ichib qo‘ygan bolaga kasalxonadan ruxsat berildi

Xorazmda bo‘yoq suyultirgich ichib qo‘ygan bolaga kasalxonadan ruxsat berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bo‘yoq suyultirgich ichib qo‘ygan 5 yashar bola og‘ir ahvolda reanimatsiyada ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, Xorazm viloyati, Xonqa tumani Madir qishlog‘ida yashovchi 5 yashar Sharipov Lochinbek Jasurbek o‘g‘li 32-sonli “Qaldirg‘och” bolalar bog‘chasida bilmasdan bo‘yoq suyultirgich (razbavitel) ichib qo‘ygani oqibatida 22-avgust kuni soat 17:10 da tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga murojaat qilgan va shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Unga bo‘yoq eritish vositasidan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.

Bo‘limda shifokorlar tomonidan bemorning oshqozoni yuvilib, zudlik bilan intensiv davo muolajalari olib borilgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida bemor ahvoli yaxshilandi va ertasi kuni bolalar bo‘limiga o‘tkazilgan. Mazkur bo‘limda ham davo muolajalari davom ettirilgan holda 24-avgust kuni shifokorlar tekshiruviga ko‘ra, ahvoli qoniqarli deb topilib, uyiga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, 28-avgust kuni tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh mutaxassislari Sharipov Lochinbek Jasurbek o‘g‘lining uyiga borib, uni qo‘shimcha ko‘rikdan o‘kazgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, bolaning ahvoli qoniqarli va sog‘lom. Ayni paytda u shifokorlarning doimiy nazoratida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют