» » Pastdarg‘omda tez tibbiy yordam shifokori kaltaklandi

Pastdarg‘omda tez tibbiy yordam shifokori kaltaklandi


27-iyul kuni Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Samarqand QVP tez yordam bo‘limida shifokor bo‘lib ishlaydigan D.Q. “Navbahor” mahallasida yashovchi fuqaro Sanjar Abbayev tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Aytilishicha, 27-iyul kuni kech soat 21:00 atrofida “Navbahor” mahallasida yashovchi Sanjar Abbayev murojaat qilib keldi. Murojaatchi mast edi. U o‘simliklarga beriladigan dorini bilmasdan ichib qo‘yganligini bildirdi, deydi jabrlanuvchi shifokor D.Q.

Murojaatdan so‘ng D.Q. bemorni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazib, ahvoli yaxshi ekanligini tushunirib o‘tdi. Biroq murojaatchi ketishida shifokorlarni haqoratlab chiqib ketdi. Oradan yarim soatlar o‘tganidan so‘ng tez tibbiy bo‘limga Sanjar Abbayev telefon orqali murojaat qildi. Chaqiruvga borgan shifokor D. Q. murojaatchi bundan sal avvalroq tekshiruvdan o‘tkazilganini bilgan.

— Murojaatchining uyiga borganimda u bilmasdan ichib qo‘ygan dorini ko‘rsatdi. Yana ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng birinchi tekshiruvdan so‘ng nega haqoratlab ketdingiz deb so‘radim. Kutilmaganda uy egasi meni kaltaklab ketdi, — deydi D. Q. — Bu yerdan amallab chiqdim. Haydovchi va yordamchi shifokorga tegishmadi. Hech qanday yordamga muhtoj emas edi. Har doimgidek sog‘lom organizm harakat qilayotgan edi. Ichgan dorisining ham nomi yozilmagan. Ahvoli yaxshi edi. Ahvoli yomon odam birovni bu qadar kaltaklay olmasdi. Men hech qanday qarshilik ko‘rsatmadim. Shoxobchaga kelib yana urdi. So‘ng ichki ishlar bo‘limiga murojaat qildik. O‘zim yordamga muhtoj bo‘lganim uchun shifoxonaga borishga majbur bo‘ldim.

Holat bo‘yicha ayni paytda “Navbahor” mahallasi profilaktika inspektori kapitan Hasan Taniyev dastlabki tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

— Voqea sodir bo‘lgan kuni Sanjar Abbayev mast bo‘lgan. U paxtaga sepiladigan dorini suv deb ichib yuborgan. Qorni og‘rib qolganidan so‘ng tez yordam bo‘limiga murojaat qilgan. U yerda D. Q. tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilgan. Faqat chiqib ketishida shifokorni haqoratlagan, — deydi Taniyev. — Holat bo‘yicha spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun Sanjar Abbayevga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 187-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Jabrlanuvchi D.Q. tuman sud tibbiy ekspertizasidan tekshiruvdan o‘tkazildi. Hozirda tergov surishtiruv ishlarini olib borilmoqda. Ekspertiza xulosasi asosida keyingi choralar ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют