» » Sog‘liqni saqlash vazirligi: Sergelidagi chaqaloqning o‘limiga emlash sabab bo‘lmagan

Sog‘liqni saqlash vazirligi: Sergelidagi chaqaloqning o‘limiga emlash sabab bo‘lmagan


Sergeli tumanida yashovchi E.X.ning farzandi R.R.Hamidullinning vafoti yuzasidan Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining mutaxassislari tomonidan tekshiruv olib borildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, tekshiruvda E.X.ning farzandiga emlashning to‘g‘ri qilinganligi, uning standartlarga mosligi, miqdori va muddati kabi jihatlari ham chuqur o‘rganib chiqilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bola 24-avgust kuni Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikada bolalar shifokori N.Rasulova tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va reja asosida ikki oylikdagi emlashga ruxsat berilgan. O‘sha kuni bolaning onasi E.X. farzandiga poliomiyelit va pnevmokokkga qarshi vaksinalarni olgan. Emlash maxsus ruxsatnomasi bo‘lgan hamshira M.Salikova tomonidan amalga oshirilgan.

Oradan ikki kun o‘tib — 26-avgust kuni soat taxminan 11:00 da bolaning tana harorati 38,5 darajaga ko‘tarilgani kuzatilganligi uchun tez yordam chaqirilgan hamda bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, 3-shahar bolalar klinik shifoxonasiga olib borilgan. Nevropatolog shifokor Sh.Nasrullayev tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, “Talvasa sindromi. Somatogen asoslangan. Bosh miya shish xavfi” tashxisi qo‘yilib, muolaja qilingan.

Ammo 28-avgust kuni soat 19:30 da bolaning ahvoli og‘irlashavergach, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM)ning bolalar reanimatsiyasi bo‘limiga o‘tkazilgan. Bolaga kerakli davo choralari ko‘rsatilishiga qaramay, bemor 30-avgust kuni soat 24:00 da markazda vafot etgan.

“Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, bolaning o‘limiga emlash sabab bo‘lmagan”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabarida.

“24-avgust kuni Sergeli tumanidagi 10-oilaviy poliklinikada jami 128 nafar bola emlangan. O‘tkazilgan tahlillar nafaqat ushbu bolada, balki emlanganlarning birortasida ham emlashdan so‘ng yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar kuzatilmaganligini ko‘rsatdi”, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitar epidimiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Mirzaboyev.

Vazirikdan qo‘shimcha qilishlaricha, yuqoridagi vaziyat — bolaning vafoti yuzasidan tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari, bolaga tashxis qo‘yish va davolash jarayoni Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari hamda huquq-tartibot organlari tomonidan chuqur o‘rganilmoqda.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, chaqaloq R.R.Hamidullinning o‘limiga, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasi shifokorlari o‘z kasbiga nisbatan beparvolik yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi, kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababchi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan 17-noyabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (“odam o‘lishiga sabab bo‘lgan kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib (ushbu modda bo‘yicha eng og‘ir jazo — besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish), dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun Uchtepa tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura nazoratiga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют