» » O‘zbekistonda bolalarni kasalliklarga qarshi emlash kampaniyasi boshlandi

O‘zbekistonda bolalarni kasalliklarga qarshi emlash kampaniyasi boshlandi


Aprel oyining so‘nggi haftasi Jahon emlash haftaligi sifatida nishonlanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad bolalar va oilalarning hayotini saqlab qoluvchi va himoya qiluvchi vaksinalarni targ‘ib qilishdan iborat.

YuNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 2017-yil 24–30-aprel kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (YuNISЕF) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mamlakatda emlashni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan kampaniyani amalga oshirishda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘maklashadi.

Emlash bolalar hayoti va kelajagini himoya ostiga olishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Shunga qaramay, dunyo bo‘yicha mavjud holat tahlil qilinganida, 19,4 million chaqaloq barcha kerakli vaksinalarni qabul qilmayotganligi ma’lum bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, emlash har yili 2–3 million inson hayotini saqlab qoladi. Ayni vaqtda, agar dunyo bo‘ylab emlash qamrovi kengaytiriladigan bo‘lsa, qo‘shimcha 1,5 million inson hayotini saqlab qolish mumkin bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют