» » Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida dunyoda har yili 1,7 mln bola halok bo‘lmoqda

Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida dunyoda har yili 1,7 mln bola halok bo‘lmoqda


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hisob-kitobiga ko‘ra, atrof-muhitning ifloslanishi har yili butun dunyoda 1,7 million bolaning o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Bir oylikdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi o‘limning to‘rtdan birini nosog‘lom atrof-muhit keltirib chiqarmoqda. Bu haqda tashkilotining bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar berdi.

Ekspertlarning aytishicha, havoning ifloslanishi, passiv chekish, toza suvning yetishmasligi, sanitariya holatining yomonligi, noto‘g‘ri gigiyena kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillar hisoblanadi.

Tashkilotning xabar berishicha, bolalar o‘limiga sabab bo‘layotgan eng keng tarqalgan kasalliklar diareya, malyariya va pnevmoniya hisoblanadi. Atrof-muhit holatini yaxshilash orqali kasalliklarning oldini olish mumkin.

Ifloslangan atrof-muhit, ayniqsa, yosh bolalar uchun o‘lim xavfini keltirib chiqarmoqda. Ifloslangan havo va suv bolalarning o‘sayotgan a’zolari va immun tizimini, kichkina tanasi va nafas yo‘llarini  noziklashtirib, kasalliklarga moyilligini keltirib chiqaradi.

Margaret Chen, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh direktori

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 16:28)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют