» » Biz chochqalar va daydi itlardek yashashni xohlamaymiz!. Inqirozga yuz tutayotgan Titikaka koli

Biz chochqalar va daydi itlardek yashashni xohlamaymiz!. Inqirozga yuz tutayotgan Titikaka koli


Janubiy Amerikadagi eng yirik kollardan biri Titikaka xavf ostida. Shaharlardan chiqayotgan chiqindilar va qirgoq boyida ishlab chiqarishnning rivojlanishi tufayli kol suvi yuqori darajada ifloslangan.

Bu holat nafaqat ekotizimda oz aksini topmoqda, balki katta iqtisodiy yoqotishni ham keltirib chiqarmoqda. Mahalliy aholi suvdan xojalik faoliyatida foydalana olmayapti, sayyohlar oqimi yil sayin qisqarib bormoqda.

Kommersant YuNESKO muhofazasidagi kolning bugungi holatini aks ettiruvchi fotojamlanmani taqdim etdi.

Titikaka dengiz sathidan 3800 metr balandlikda joylashgan. Bu dunyodagi kema suzadigan eng katta kol hisoblanadi. Kol boyida Boliviya va Peruning 1,3 million aholisi yashaydi.

Hozirda kol ekotizimi xavf ostida. Birinchidan, kol boyida joylashgan shaharlar kengayib bormoqda. Xususan, Boliviyaning kattaligi jihatdan uchinchi orinda turadgan El-Alto shahri aholisi soni songgi 15 yilda ikki baravar osdi. Buning natijasida kommunal xizmat qurilmalari talabga javob bermayapti va chiqindilar togridan-togri kolga tushmoqda.

Titikaka boyida yashovchi hindu qabilalari xojalikda qamishdan keng foydalanadi. Qamish kema va binolar qurishda, uy hayvonlarini oziqlantirishda ishlatiladi.

Oilalar kartoshka va koldan ovlangan baliqdan ovqat tayyorlaydi.

Associated Press agentligining hisob-kitobiga kora, kol boyida joylashgan Peruning Xulyaka shahri bir kunda 200 tonna chiqindi chiqaradi. Kolga ishlatilgan ignalar va shpritslar, plastik butilkalar, avtomobil shinalari va boshqa chiqindilar oqib keladi.

Perulik tadqiqotchilar 2014-yilda kolda merkuriy, kadmiy, rux va mis kabi kimyoviy moddalar borligini aniqladi. Bu moddalarning kol suvi va mahalliy aholi tomonidan istemol qilinadigan baliqlar tarkibidagi miqdori meyordagidan ancha ortib ketgan.

Kolning ifloslanishi suv yuzasida suv otlarining kopayishiga olib kelmoqda. Bu esa ekotizimning buzilishiga va bir qancha baliq turlarining yoqolib ketishiga sabab bolmoqda.

2014-yilgi tadqiqotdan song hukumat baliq oviga cheklov ornatdi. Biroq mahalliy qishloqlar aholisining sozlariga kora, ular bu haqda ogohlantirilmagan.

Yuz yillar davomida kol aymira va kechua qabilalari uchun hayot manbai bolib kelgan. Suvning ifloslanishi tufayli qishloqlarda bolalar tez-tez kasallanmoqda.

Mening ajdodlarim bu yerda 500 yildan buyon yashab kelgan, biroq ular hech qachon bunday muammoga duch kelmagan.

Mariya Aliva, sohil boyidagi qishloqda yashovchi ayol

Avval mahalliy aholi kol suvidan kundalik ehtiyoj va ovqat tayyorlash uchun foydalangan. Biroq hozir ular yomgir suvini toplashga yoki kolning ortasiga suzib borib chuqurlikdan suv toplashga majbur.

Kol YuNESKO muhofazasiga olingan. Suv havzasining ekotizimi baliq va qushlarning 60 ga yaqin turini oz ichiga oladi. Bundan tashqari kol boyida hindu qabilalarining ananalari saqlanib qolgan. Bu esa kolni Peru va Boliviyadagi eng asosiy kozga koringan joylardan biriga aylantirgan.

Har yili kol qirgoqlariga Perudan 400 ming, Boliviyadan esa 350 ming sayyoh tashrif buyuradi. Biroq songgi yillarda sayyohlarsoni kamayib borayotgani kuzatilmoqda. Ikki mamlakatning mahalliy aholisi va mamuriyati buni aynan kolning ifloslanishi bilan boglamoqda.

2016-yilda Peru va Boliviya hukumati kelishuv imzoladi. Unga kora, kol suvini tozalash va bioxilmaxillikni saqlash uchun qariyb 500 million dollar sarflash rejalashtirilgan.

2017-yil boshida Peruning yangi prezidenti Pedro Pablo Kuchinski kol boyida 10 ta tozalash inshooti qurilishini malum qildi. Prezidentning hisob-kitobiga kora, buning uchun 437 million dollar talab qilinadi.

Biz chochqalar va daydi itlar kabi yashashni xohlamaymiz. Biroq hozir aynan shunday yashashimizga togri kelmoqda.

Mahalliy aholi vakillari

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (4-03-2017, 23:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -