» » Fotogalereya: Dunyodagi eng xavfli 15 ta yo‘l

Fotogalereya: Dunyodagi eng xavfli 15 ta yo‘l


Avtomobil boshqarayotgan haydovchining o‘z manziliga eson-omon yetib olishiga yo‘lning holati ham bevosita bog‘liq. Dunyoning turli nuqtalarida mashinani boshqarish uchun haydovchidan katta mahorat talab qiladigan yo‘llar mavjud. AdMe nashri dunyodagi eng xavfli yo‘llarning fotojamlanmasini taqdim etdi.

To‘qqiz kilometrga cho‘zilgan yo‘l Ladakx va Kashmir aholi yashash punktlarini bog‘lab turadi. Qoyalar yonbag‘rida joylashgan yo‘l juda tor bo‘lib, mashinalar va uy hayvonlarining tez-tez qarama-qarshi kelishi kuzatiladi.

Karpat tog‘larining Fegerash massivi orqali o‘tuvchi shosse eng baland nuqtasida 2034 metrga yetadi. Shosse Ruminiyadagi eng baland yo‘l bo‘lib, o‘zining go‘zal manzaralari bilan qadrlanadi va juda xavfli hisoblanadi.

Trassa “dunyodan ajralib qolgan”. Umumiy uzunligi 666 kilometr bo‘lib, butun yo‘l davomida atigi uchta kichkina qishloq uchraydi. Bundan tashqari, trassa dunyodagi eng qorli yo‘l maqomiga ega.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l 5802 metr balandlikda joylashgan. Yo‘l Ginnesning rekordlari kitobi va National Geographic jurnali tomonidan dunyodagi eng baland avtomobil dovoni sifatida tan olingan.

Bu magistral dunyodagi eng xavfli yo‘llardan biri bo‘lib, yiliga 200 – 300 kishining umriga zomin bo‘ladi. Yo‘lning bir tomonida tik qoyalar ikkinchi tomonida esa chuqurligi 600 metr bo‘lgan jar joylashgan. Bu yo‘lda mashina boshqarish haqida o‘ylashning o‘zi qo‘rqinchli.

Norvegiyada joylashgan Atlantika yo‘li qirg‘oq bo‘yida joylashgan kichik aholi punktlarini bog‘lab turadi. Trassa sayyohlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, atrofdagi manzaralar hayratlanarli.

Guolyan tog‘ massivi orqali o‘tgan yo‘l mahalliy aholi tomonidan qurilgan. Qoyalar bag‘rida joylashgan yo‘l 1972-yilgacha mahalliy qishloqlar va tashqi dunyoni bog‘lab turuvchi yagona yo‘l bo‘lgan. Keyinroq hukumat 1200 metrli tunnel qurgan va uni avtotransport vositalari harakati uchun ochgan.

Ishonish qiyin, ammo yo‘lda kunning bir necha soati davomidagina harakatlanish mumkin. Boshqa vaqtda esa yo‘l suv ostida qoladi. 4,5 kilometrli trassa bo‘ylab harakatlanishdan avval suv ko‘tarilish va tushishi jadvalini diqqat bilan o‘rganish kerak.

Yo‘lning uzunligi 10 kilometrni tashkil qiladi. Yo‘lda 99 ta xavfli burilish bo‘lib, uning boshlanish va tugash qismlari orasidagi balandlik 1000 metrni tashkil qiladi.

Yo‘lning uzunligi 112 kilometr bo‘lib, Gavayining Maui orolidagi Kaxului shahrini Xana shahriga bog‘lab turadi. Tor shosse 59 ta ko‘prik orqali o‘tib, ulardan 46 tasida yo‘lning qatnov qismi bitta qatorga ega. Ko‘chkilar tufayli yo‘l tez-tez yopiladi.

Yo‘lning dastlabki 90 kilometri 1932-yilda foydalanishga topshirilgan. Yo‘lning to‘liq qurilishi 1953-yilda tugatilgan. 20-yil davomida yo‘l mahbuslar tomonidan qurilgan.

Bu xavfli dovon fransuz Alplarining Italiya chegarasiga yaqin joyida, 2000 metr balandlikda joylashgan. Yo‘l xavfli va kutilmagan burilishlarga to‘la.

Alp tog‘larida joylashgan eng baland dovonlardan biri. Yo‘lning uzunligi 64 kilometr bo‘lib, go‘zal tabiat manzaralari bilan o‘ziga tortadi.

Sochidan Kavkaz tog‘laridagi Ritsa ko‘liga olib boruvchi tor yo‘l bir vaqtning o‘zida ham hayratlantiradi, ham qo‘rqitadi.

Bu ko‘prik xavfliligi jihatdan yuqori darajali yo‘llardan qolishmaydi. Ko‘prik Sakaiminato va Matsue shaharlarini bog‘lab turadi. Uzunligi 1,7 kilometrni, kengligi 11,3 metrni tashkil qiladi. Uzoqdan qaralganda, ko‘prik bo‘ylab yurish telbalikdek ko‘rinadi. Bunday balandlik ko‘prik ostidan kemalar o‘ta olishi uchungina kerak.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют