» » Toshkentda ekonazorat boyicha jamoatchi inspektorlarga guvohnomalar topshirildi

Toshkentda ekonazorat boyicha jamoatchi inspektorlarga guvohnomalar topshirildi


Nomzodi Toshkent shahar fuqarolarining ozini ozi boshqarish organlari tomonidan ilgari surilgan hamda maxsus tayyorgarlikdan otgan 12 kishi 8-fevral kuni ekologik nazorat boyicha jamoatchi inspektor guvohnomasini qabul qilib oldi. Bu haqda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi malumotiga tayanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.

Tez orada ushbu guvohnoma mamlakat boyicha 750 dan ziyod kishiga beriladi. Avvalroq jamoatchi inspektorlar uchun 20 mingdan ziyod fuqaro nomzod sifatida tanlab olingani malum bolgan edi.

Atrof-muhit holatini nazorat qilish, uning ifloslanishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik yoxud salomatlikka tahdid solishga sabab boluvchi holatlarni aniqlash, davlat organlari va fuqarolarni atrof-muhitdagi ozgarishlar haqida ogoh qilish jamoatchi inspektorlarning vazifalari hisoblanadi. Inspektorlar, shuningdek, aholi ortasida axborot va tushuntirish ishlarni ham olib borishi mumkin.

Ekologik nazorat boyicha jamoatchi inspektor bolishni istagan fuqarolar endilikda Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi qoshida tashkil etilgan Tabiatni muhofaza qilish sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish oquv-uslubiy markazida talim olishi mumkin. Markazda maxsus dastur va kurslar ishlab chiqilgan bolib, ularni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga jamoatchi inspektor guvohnomasitopshiriladi.

Diqqat, diqqat! Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali Toshqin Daryo (@toshqindaryo)ga obuna bolib, yangiliklardan ovozli korinishda bahramand bolishingiz mumkin.

: admin (8-02-2017, 23:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 5) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -