» » Ozbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha davlat dasturi qabul qilindi

Ozbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha davlat dasturi qabul qilindi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevraldagi qarori (pdf) bilan 20172018-yillarga moljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha davlat dasturini tasdiqladi, deb yozadi Gazeta.uz.

Hujjatga muvofiq, mamlakat bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev rahbarligidagi korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi. Komissiyaning oz vakolatiga kiradigan masalalar boyicha qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiy deb belgilab qoyildi.

Komissiya tarkibiga Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qomitasi, Davlat bojxona qomitasi, Davlat statistika qomitasi, Davlat raqobat qomitasi, Fanlar akademiyasi, Yuqori va Oliy xojalik sudi, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari boyicha milliy markaz, Qonunchilik palatasi qomitasi va Senat qomitasi, Mahalla va Nuroniy jamgarmalari, Kamolot harakati rahbarlari, ombudsman va boshqalar kirdi.

Davlat dasturida mamlakatda huquqiy talimni va marifatni tubdan yaxshilashga, shuningdek, jamiyatda huquqiy bilimlar targibotiga qaratilgan, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish Milliy dasturini ishlab chiqish kozda tutilgan.

: admin (6-02-2017, 10:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -