» » Davlat bojxona organlari tomonidan 19 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlanib, 68 milliard so‘mlik tovarlar olib qo‘yildi

Davlat bojxona organlari tomonidan 19 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlanib, 68 milliard so‘mlik tovarlar olib qo‘yildi


Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 8-fevral, chorshanba kuni “Bojxona organlari tomonidan kontrabanda va bojxona qoidabuzarliklariga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Matbuot anjumanida Davlat bojxona qo‘mitasi kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqamasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Mirkomolov ishtirok etib, jurnalistlarga mavzu yuzasidan batafsil axborotlarni takdim qildi.

Xususan, Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tadbirlar va bojxona ko‘riklarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilganligi natijasida 19 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlanib, 68 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklar olib qo‘yilgani ta’kidlandi. Aniqlangan holatlarning 581 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Huquqbuzarliklarning 1,2 mingga yaqini bojxona postlarida o‘tkazilgan bojxona ko‘riklari natijasida aniqlangan. 675 ta huquqbuzarlik holatlari esa bojxona ekspertizalari natijasida fosh qilinib, 7,5 milliard so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Ayni paytda barcha chegara va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari nazorat-ko‘rik va giyohvandlik moddalarini identifikatsiya qiluvchi vositalar, valyuta detektorlari, metalloanalizatorlar hamda boshqa texnik uskunalar bilan ta’minlandi. Bir qator chegara bojxona postlariga 13 ta katta hajmdagi yuklarni kompleks nazorat qilishga mo‘ljallangan skaner qurilmalari, radiatsiya nazoratini amalga oshiruvchi 11 ta radiatsion portal monitorlari o‘rnatildi.

Ularning ko‘magida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan qiymati 331 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 79 turdagi avtoulov ehtiyot qismlari yashirincha olib kirilayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

2016-yil davomida bojxona organlari tomonidan turli mazmundagi audio va video mahsulotlar yozilgan 5 mingdan ortiq kontrafakt mahsulotlar aniqlangan bo‘lib, mualliflik va turdosh huquqlar buzilishining oldi olindi. Bojxona organlari tomonidan noqonuniy tovarlarni vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan joylarni fosh etish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida umumiy qiymati 4,1 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.

O‘tgan yil davomida birgina aholi salomatligi uchun zararli bo‘lgan alkogol ichimliklari ishlab chiqaruvchi 9 ta yashirin sex fosh etilib, 800 litrdan ko‘proq shu kabi mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют