» » Andijonda salomatlik haftaligining bir tadbirida 550 dan ziyod bola ko‘rikdan o‘tkazildi

Andijonda salomatlik haftaligining bir tadbirida 550 dan ziyod bola ko‘rikdan o‘tkazildi


Andijonda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan salomatlik haftaligi tadbirlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Salomatlik haftaligida viloyatdagi muruvvat, mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar, shuningdek, nuroniylar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlarida tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mirkomil Otahojiyev qayd etishicha, haftalik doirasida fuqarolar 20 yo‘nalishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga zarur tavsiya va maslahatlar berilmoqda.

Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida o‘tkazilgan tadbirda esa mahalliy va xorijiy farmatsevtika kompaniyalari o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi. Sog‘lom turmush tarzi, dori-darmon targ‘ibotiga oid bukletlar tarqatildi. Yosh sportchilarning, bolalar badiiy jamoalarining ko‘rgazmali chiqishlari, tibbiyot muassasalarining sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga bag‘ishlangan panno va ko‘rgazmalari tashkil etildi.

“Bugungi tadbirda 550 dan ziyod bola ko‘rikdan o‘tkazildi, – dedi Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bolalar bo‘limi mudiri Gulnora To‘rayeva. – Bolalarga, ularning ota-onalariga zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Turli xavfli va yuqumli xastaliklar kelib chiqishining oldini olish, sog‘lom turmush tarziga oid buklet va adabiyotlar tarqatildi”.

Tibbiy ko‘rik natijasida kasallik borligi aniqlangan fuqarolarga ambulatoriya va shifoxonalarda davolanish uchun yo‘llanma berildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют