» » Saudiya Arabistoni shahzodasi Eron neft narxi keskin o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

Saudiya Arabistoni shahzodasi Eron neft narxi keskin o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi


Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon agar dunyo davlatlari Eronni tiyib turmasa neft narxi bundan ham qimmatlashishini bildirdi. U Saudi Aramco neft konlariga uyushtirilgan dronlar hujumi uchun Eron aybdor ekanligini ta’kidladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

“Agar dunyo Eronni tiyib turish yuzasidan qat’iy harakatlarni amalga oshirmasa, u holda biz butunjahon ehtiyojlariga zid ravishda neft narxini oshirishda davom etamiz”,— degan shahzoda CBS telekanalidagi “60 daqiqa” dasturida.

Shuningdek Muhammad bin Salmon AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Eronni neft konlariga uyushtirilgan hujumlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi lozimligi haqida aytgan fikrlariga qo‘shilishini bildirdi.

Shahzoda ushbu masalani tinchlik yo‘li bilan hal etish ma’qul ekani va Saudiya Arabistoni bilan Eron o‘rtasida harbiy harakatlarning amalga oshirilishi jahon iqtisodiyotiga jiddiy ziyon yetkazishini qayd etdi.

Mavzuga doir: Pompeo dunyo mamlakatlarini Eronning harakatlarini keskin qoralashga chaqirdi

Eslatib o‘tamiz, sentabr o‘rtalarida Yamandagi xusiy jangarilari Saudiya Arabistoni ikkita neft zavodiga uyushtirilgan dronlar hujumi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgandi. Yonib ketgan obyektlardan bittasi dunyodagi eng katta Saudi Aramco’ga tegishli Abkaikdagi neftni qayta ishlash zavodi edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют