» » Saudiya neft obyektlariga dronlar hujumi aks etgan video e’lon qilindi

Saudiya neft obyektlariga dronlar hujumi aks etgan video e’lon qilindi


AQShning CBS News telekanali 14-sentabrga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi — Saudi Aramco obyektlariga dronlar yordamida uyushtirilgan qaqshatqich hujum kadrlarini e’lon qildi.

Videokuzatuv kameralaridan olingan roliklarda snaryadlar neft rezervuarlariga qulayotgani va shundan so‘ng zavod hududi alanga bilan qoplanganini ko‘rish mumkin. Oldin bu kadrlar e’lon qilinmagandi.

Mavzuga doir: AQSh razvedkasi Saudiya Arabistoni neft obyektlariga dronlar hujumiga Eron aloqadorligini gumon qilmoqda

Kanal bu kadrlarni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmondan olingan intervyu bilan to‘ldirdi. Unda shahzoda hujum maqsadini Eron rasmiylarining “ahmoqligi” bilan izohlagan.

Mavzuga doir: Yamanlik isyonchilarning dronlari Saudiya neft obyektlariga so‘nggi 10 yildagi eng katta hujumni amalga oshirdi. Mamlakatda neft qazib olish ikki barobar qisqardi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют