» » Sergey Lushchan: Bizda endi Mirjalol Qosimov yo‘q. Jeparovning maoshi esa butun bir klubnikiga teng

Sergey Lushchan: Bizda endi Mirjalol Qosimov yo‘q. Jeparovning maoshi esa butun bir klubnikiga teng


“Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan “Obod”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning to‘liq matni “Championat.asia” nashrida ko‘rinish berdi.

“Bunyodkor” Chempionlar ligasining dastlabki uch turida mag‘lub bo‘lgandi. Keyin esa Oliy liganing dastlabki uch o‘yinidan ikkitasida ochko yo‘qotdi. Avval “Olmaliq”, keyinroq “Obod” Sergey Lushchan jamoasi bilan durang o‘ynashni uddaladi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalistlar “Bunyodkor”ga yetakchi futbolchi yetishmayotgani borasidagi fikrni o‘rtaga tashladi.

Yetakchi? Agar sen har uchta to‘p uzatmasidan keyin adashaversang, xatolarga yo‘l qo‘ysang, qanday qilib yetakchi bo‘lasan?! Yetakchi — maydonda deyarli xato qilmaydigan, jamoani o‘z ortidan ergashtira oladigan futbolchidir! Bizda bunday o‘yinchi yo‘q! Buni uch yildan buyon takrorlayman.

Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Mutaxassis so‘zini davom ettirib, “Bunyodkor”ning sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovni yodga oldi. Lushchanni “Bunyodkor”ga Qosimov taklif qilgan bo‘lib, bir vaqtlar O‘zbekiston terma jamoasida birga to‘p surgani sherigiga ustozlik qila boshlagandi.

Avval Mirjalol Qosimov bor edi. Hozir esa bizda u yo‘q. Endi Jeparov singari futbolchining o‘zi ham yo‘q.

Jeparovni taklif etish? Yo‘q, biz uning maoshini to‘lay olmaymiz. Jeparovning oylik maoshini bizda butun klub oladi, agar yarim oyligini bo‘lmasa… Jeparov boy inson, u o‘ziga shuni ep ko‘ra oladi. Chunki kuchli futbolchi. Buni u isbotlagan va peshona terisi bilan ishlab topgan.

Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, Sergey Lushchan boshqaruvida “Bunyodkor” ikki bor ketma-ket kuchli uchlikka kira olmagan bo‘lsa, so‘nggi mavsumni 2-o‘rinda yakunlay olgandi. Klub o‘zining katta muvaffaqiyatlariga asosan Qosimov bilan erishgan.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют