» » Moskva va Qozon shaharlarida o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi

Moskva va Qozon shaharlarida o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi


1—5-oktabr kunlari Rossiyaning Moskva va Qozon shaharlarida o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirlar “O‘zbekkino” milliy agentligi, Rossiya Madaniyat vazirligi va O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Kino kunlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad Rossiyada o‘zbek kinematografiyasini ommalashtirish, mamlakatlar, tarixan yaqin xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdan iborat.

1-oktabr, seshanba kuni Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Rossiyada O‘zbek kinosi kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, unga Rossiya madaniyat vazirligi rahbarlari, taniqli kino ijodkorlari taklif etildi.

“Kino kunlari doirasida biz ‘O‘zbekkino’ va Rossiyaning yirik kinokompaniyalari o‘rtasida qo‘shma kino loyihalarini tashkil etish bo‘yicha qator memorandumlar imzolashni rejalashtirmoqdamiz, turli yillarda yaratilgan va ayni paytda Rossiyaning ‘Gosfilmofond’ida saqlanayotgan o‘zbek filmlarini qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib boramiz”, — deydi O‘zbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

“Mamlakatimiz uchun bo‘lg‘usi kinokadrlarni shakllantirishning muhimligini yaxshi anglar ekanmiz, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga bir guruh iqtidorli yoshlar ham kiritildi, ular uchun Rossiya davlat kinematografiya instituti, ‘Mosfilm’ga tashriflardan tashqari Rossiya kino san’atining ko‘zga ko‘ringan ustalari ishtirokida mahorat saboqlari va treninglar o‘tkazamiz”, — dedi “O‘zbekkino” rahbari.

Rossiyada o‘zbek kinosi kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2018-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash hamda 2019—2024-yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturining qabul qilingan chora-tadbirlari doirasida o‘tkazilmoqda.

“Shunday ekan, Rossiyada o‘zbek filmlari haftaligi Rossiyada yashovchi rus tomoshabinlari va o‘zbek diasporasi vakillariga katta ekranda yangi o‘zbek kinosini tomosha qilish, kartinalar ijodkorlari bilan suhbatlashish, o‘zbek kinosi tendensiyalari bilan tanishish imkonini beradi. Dastur so‘nggi yillardagi eng yaxshi professional badiiy va hujjatli filmlarni o‘z ichiga oladi”, — deyiladi xabarda.

O‘zbek kinosi kunlarida namoyish etiladigan kartinalardan rejissor Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan “Kinoshok” festivalining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

21-sentabr kuni O‘zbekiston milliy kino qo‘mitasi mazkur filmni “Oskar” mukofotiga nomzod sifatida rasman e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют