» » WhatsApp messenjeri 2020-yilda boshlab ayrim smartfonlarda ishlashdan to‘xtaydi

WhatsApp messenjeri 2020-yilda boshlab ayrim smartfonlarda ishlashdan to‘xtaydi


2020-yil 1-fevraldan boshlab WhatsApp eskirgan operatsion tizimlardagi messenjerini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Bu haqda messenjer dasturchilari o‘z blogida ma’lum qildi.

O‘zgarishlar Android va iOS qurilmalariga tegishli, xususan, messenjer Android 2.3.x (Gingerbread) hamda 2014-yilgi iOS 8’da ishlashdan to‘xtaydi.

Bu turdagi operatsion tizimda ishlaydigan qurilmalardan foydalanuvchilarga o‘z operatsion tizimini yangisiga o‘zgartirish taklif etiladi. Android 2.3.x va iOS 8’da ishlaydian smartfonlarda yangi akkaunt yaratish yoki mavjud akkauntlarni verifikatsiyadan o‘tkazishning imkoni yo‘qoladi.

Shuningdek, dasturchilar Windows Phone’ning barcha versiyalari joriy yilning 31-dekabridan boshlab qo‘llab-quvvatlanmasligini bildirgan.

WhatsApp — ma’lumot almashishga mo‘ljallangan dunyodagi eng mashhur messenjerlardan biri. 2018-yilning fevralidagi ma’lumotlariga ko‘ra, messenjerdan 1,5 milliard odam foydalangan.

Mavzuga doir: Markaziy Osiyo mamlakatlarida qanday messenjerlar mashhur?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют