» » Microsoft kompaniyasi Windows 7 ning “o‘limi” sanasini e’lon qildi

Microsoft kompaniyasi Windows 7 ning “o‘limi” sanasini e’lon qildi


Microsoft kompaniyasi Windows 7 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni yakunlanishining aniq sanasini e’lon qildi. Ushbu bayonotga ko‘ra, eskirgan operatsion tizimni qo‘llab-quvvatlash 2020-yil 14-yanvarda butunlay to‘xtatiladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi.

Kompaniya ushbu sanaga qadar Windows 7 operatsion tizimiga ega bo‘lgan barcha (dunyo bo‘yicha shaxsiy kompyuterlarning 40 foizi) foydalanuvchilarga yangi Windows 10 operatsion tizimiga o‘tishni maslahat beradi.

Microsoft’ning eski operatsion tizimni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlari foydalanuvchilarni turli hujumlardan himoyalanishning  yaxshilangan eng so‘nggi dasturiy ta’minotni ishlatishga undash uchun mo‘ljallangan.

Ma’lumki, Windows 7 operatsion tizimi 2009-yil 22-oktabr kuni chiqarilgan. Shunday qilib, uni qo‘llab-quvvatlash davri 10 yildan ko‘p vaqtni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют