» » Microsoft tovlamachi-virusning tarqalishi sababli 2014-yildan beri qo‘llab-quvvatlanmayotgan Windows XP uchun ham yangilanish chiqardi

Microsoft tovlamachi-virusning tarqalishi sababli 2014-yildan beri qo‘llab-quvvatlanmayotgan Windows XP uchun ham yangilanish chiqardi


Microsoft kompaniyasi WannaCrypt tovlamachi-virusining tarqalishini to‘xtatish uchun hozirda qo‘llab-quvvatlanmayotgan operatsion tizimlar uchun yangilanishlar tayyorladi. Yangilanish so‘nggi uch yildan beri qo‘llab-quvvatlanmayotgan Windows XP tizimi uchun ham chiqarilgan, deb yozadi Meduza. Yangilanishlarni bu yerdan yuklab olish mumkin.

Microsoft saytida qoldirilgan xabarda eski operatsion tizimlar uchun yangilanishlarning chiqarilishi “juda noodatiy” qadam deb ta’riflangan. Haqiqatan ham, Windows XP 2014-yil aprelidan beri qo‘llab-quvvatlanmaydi. Shundan beri Microsoft bu tizim uchun faqat bir marta — 2014-yil may oyida Internet Explorer brauzerida jiddiy nosozlik aniqlanganidan so‘ng yangilanish chiqargan.

Operatsion tizimning nisbatan yangi versiyalarida WannaCrypt virusi uchun qo‘l kelgan nosozlik biroz avvalroq — 2017-yil mart oyida bartaraf etilgan edi. Agar foydalanuvchining kompyuteriga Windows Vista, 7, 8.1 yoki 10 o‘rnatilgan va avtomatik yangilanish tartibi yoqilgan bo‘lsa, virus bu kompyuterga xavf solmaydi.

Mavzuga doir: Tovlamachi-virusning tarqalishi ma’nisiz domen nomi ro‘yxatdan o‘tkazilgani sharofati bilan tasodifan to‘xtatildi

Tovlamachi-virus 12-may kuni tarqalishni boshladi. U kompyuterni bloklab, blokni yechish uchun 300 dollar talab qiladi. Jahonning 99 mamlakatida (xususan, O‘zbekistonda) minglab kompyuterlar zararlangan.

Windows XP — jahondagi eng ommabop operatsion tizimlardan biridir. Jumladan, ko‘plab bankomatlar va boshqa qurilmalar aynan shu operatsion tizimda ishlaydi.

Mavzuga doir: Butun dunyo bo‘ylab tovlamachi-virus tarqalmoqda. O‘zbekistondagi kompyuterlar ham hujumga uchragan

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют