» » Microsoft Xitoy hukumati uchun Windows 10 operatsion tizimining maxsus talqinini taqdim etdi

Microsoft Xitoy hukumati uchun Windows 10 operatsion tizimining maxsus talqinini taqdim etdi


Microsoft korporatsiyasi Windows 10 operatsion tizimining Xitoy hukumati uchun mo‘ljallangan yangi maxsus talqinini yaratdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashriga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Yangi talqindagi Windows 10 China Electronics Technology Group davlat kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Operatsion tizimga aynan qanday o‘zgarishlar kiritilgani ma’lum qilinmagan.

Yangi operatsion tizim Microsoft’ning Xitoy bozoridagi istiqbolini yaxshilashi kutilmoqda. Xitoy hukumati tomonidan kiberxavfsizlik bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganidan so‘ng Microsoft’ning Xitoy bozoridagi savdosi jiddiy zarar ko‘rgan edi.

Ma’lum qilinishicha, yangi Windows 10 allaqachon uchta obyektda, xususan, Xitoy bojxona tizimida sinab ko‘rildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют