» » Microsoft maktablar uchun soddalashtirilgan Windows 10 S tizimli yangi noutbuk ishlab chiqardi

Microsoft maktablar uchun soddalashtirilgan Windows 10 S tizimli yangi noutbuk ishlab chiqardi


2-may kuni Microsoft kompaniyasi Surface Laptop nomli yangi noutbuk taqdimotini o‘tkazdi. Mazkur kompyuter ta’lim maqsadlari uchun mo‘ljallangan, deb xabar bermoqda Meduza.

Noutbuk 999 dollarga baholanmoqda. U Windows 10 S operatsion tizimi — Windows 10 tizimining funksiyalari nisbatan kam kompyuterda tez ishlashga mo‘ljallangan variantida ishlaydi.

Windows 10 S bilan birgalikda ishlatiladigan boshqa qurilmalar savdoga yozda chiqariladi. Ularning orasida eng arzon qurilma 189 dollar deb belgilandi.

Surface Laptop ekranining diagonali 13,5 dyuymga teng. Microsoft akkumulyatorning ishlash muddati 14,5 soat ekanligini ta’kidlamoqda.

Surface Laptop va Windows 10 S’ni Chromebook — Google tomonidan Samsung va boshqa kompaniyalar bilan birgalikda, asosan, maktablar uchun ishlab chiqariladigan arzon noutbuklarga raqobatchi deb atashmoqda. Ushbu noutbuklar Chrome OS operatsion tizimida ishlaydi. Google Chrome brauzeri ularning asosiy interfeysi hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 14:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют