» » Samsung MWC ko‘rgazmasida Galaxy Tab 3, Galaxy Book va yangi VR-shlemni taqdim etdi

Samsung MWC ko‘rgazmasida Galaxy Tab 3, Galaxy Book va yangi VR-shlemni taqdim etdi


Samsung kompaniyasi Mobile World Congress 2017 ko‘rgazmasida Galaxy Tab 3 Android plansheti, Galaxy Book Windows plansheti va yangilangan Gear VR virtual reallik shlemini taqdim etdi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar berdi.

Samsung’ning yangi Android plansheti S Pen “aqlli” stilusi bilan birga taqdim etiladi. Stilus uchining o‘lchami 0,7 mm bo‘lib, uning sezgirligi yaxshilangan. Planshet 10 bitli HDR formatidagi videolarni namoyish qila oladi. Multimedia fayllaridan qulay foydalanish uchun AKG by HARMAN kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan to‘rtta dinamik o‘rnatilgan. Galaxy Tab 3 plansheti 12 soat davomida video namoyish etishi mumkin.

Galaxy Book

Samsung 10,6 va 12 dyuym ekranli ikkita yangi Galaxy Book Windows planshetini taqdim etdi. Klaviaturali g‘ilof tufayli planshetlardan noutbuk sifatida ham foydalanish mumkin.

Gear VR-shlemi

Yangi VR-shlemi Oculus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boshqaruv pulti bilan birga taqdim etiladi. Qurilma tachpad va harakatni aniqlovchi turli sensorlar hisobiga virtual reallikdagi ish va o‘yinlar imkoniyatini kengaytiradi. Boshqaruv pultiga “bosh sahifa”, “orqaga” va ovoz balandligi tugmalari joylashtirilgan. Pult ikkita AAA-batareya yordamida ishlaydi.

Yangi Samsung Gear VR-shlemi Galaxy S7, S7 edge, Note5, S6 edge+, S6 va S6 edge smartfonlari bilan ishlay oladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют