» » Pekinda Xitoyning 70 yilligiga bag‘ishlangan yirik parad o‘tkazilmoqda (video)

Pekinda Xitoyning 70 yilligiga bag‘ishlangan yirik parad o‘tkazilmoqda (video)


Xitoy poytaxtining Tyananmen bosh maydonida 1-oktabr kuni Xitoy tashkil topganligining 70 yilligi munosabati bilan parad boshlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Unda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ishtirok etmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu harbiy parad so‘nggi 10 yillikdagi eng yirik parad bo‘ladi. Harbiy paradni boshqarish guruhi rahbarining o‘rinbosari, general-mayor Tsay Chjitszyunning ma’lum qilishicha, paradda qariyb 15 ming askar, 580 dona texnika, 160 samolyot va vertolyotlar ishtirok etmoqda.

Xitoy Xalq ozodlik armiyasi (XXOA) mamlakatdan 22 yil avval tashkil topgan, ammo Xitoyga asos solinishi bilan XXOA tarixida rivojlanishning yangi davr boshlandi va birinchi harbiy parad respublika mustaqalligi e’lon qilingan 1949-yilda o‘tkazilgan. Shundan buyon harbiy paradlar Xitoy fuqarolari uchun ham, boshqa davlatlar uchun ham harbiy kuchi va rivojini namoyish etishning muhim elementiga aylandi.

Xitoy 1959-yilgacha paradni har yili o‘tkazgan, keyinroq hukumat uni har o‘n yilda bir marta o‘tkazishga qaror qilgan. Ammo “Madaniy inqilob” (1966—1976) bu an’anani buzgan. Keyingi parad 1984-yilda Xitoyning 35-yilligini nishonlash doirasida bo‘lib o‘tgan. Undan keyingilari esa 1999 va 2009-yillarda o‘tkazilgan. 2015-yilda esa Pekinda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan katta parad bo‘lib o‘tgan. Bu 1949-yildan beri Xitoy tashkil topgan kun sharafiga uyushtirilmagan birinchi parad bo‘ldi.

Bu yilgi parad eng katta deb e’lon qilinganiga qaramay, Tyananmen maydonida 24,2 ming nafar kishi ishtirokida o‘tkazilgan 1950-yilgi parad eng yirigi bo‘lgan.

Turli yillarda paradning davomiyligi turlicha bo‘lgan. Eng uzoq davom etgani 1949-yildagi parad bo‘lib, u 150 daqiqa davom etgan. Bir necha yillar davomida paradlarning davomiyligi 50 daqiqadan oshmagan. 2019-yilgi parad esa 80 daqiqaga mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют