» » Xitoy yangi gipertovush tezligiga ega bo‘lgan qanotli raketani namoyish etdi

Xitoy yangi gipertovush tezligiga ega bo‘lgan qanotli raketani namoyish etdi


Xitoy yangi gipertovush tezligiga ega bo‘lgan qanotli raketa DF-100 (“Dunfen-100”) yoki CJ-100’ni namoyish etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Raketa Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganligining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan paradda ko‘rsatilgan. Ushbu paradga Xitoy Xalq ozodlik armiyasidan qariyb 15 ming askar, 580 dona texnika, 160 samolyot va vertolyotlar jalb etilgan.

Avvalroq paradda namoyish etilgan raketalar AQSh va uning ittifoqdoshlari tomonidan keng yo‘lga qo‘yilgan barcha raketalarga qarshi qalqonlarni teshib o‘tishga qodirligi xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi mamlakatdan 22 yil avval tashkil topgan, ammo Xitoyga asos solinishi bilan XXOA tarixida rivojlanishning yangi davr boshlandi va birinchi harbiy parad respublika mustaqalligi e’lon qilingan 1949-yilda o‘tkazilgan. Shundan buyon harbiy paradlar Xitoy fuqarolari uchun ham, boshqa davlatlar uchun ham xarbiy kuchi va rivojini namoyish etishning muhim elementiga aylandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi bilan qutladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют