» » YChL. 9 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” “Tottenhem”ni tor-mor qildi, “Yuventus”da g‘alaba, “Real” esa yana ochko yo‘qotdi (video)

YChL. 9 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” “Tottenhem”ni tor-mor qildi, “Yuventus”da g‘alaba, “Real” esa yana ochko yo‘qotdi (video)


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turi doirasida 1-oktabr, seshanba kuni guruhlarda bir nechta o‘yinlar yakunlandi.

“A” guruhidan o‘rin olgan bahsda Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu”da Belgiyaning “Bryugge”sini qabul qildi.

Bellashuvning 9 va 39-daqiqalarida mehmon jamoa yarim himoyachisi Dennis Bonaventure ikki bor Tibo Kurtua qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 55-daqiqaga kelib “Qirollik klubi” sardori Serxio Ramos hisobni qisqartirdi (2:1). 85-daqiqada esa braziliyalik Kazemiro hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa uchrashuv 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlandi.

Ma’lumot uchun, “Real” 1 ochko to‘plab guruhda so‘nggi o‘rinda bormoqda. “Bryugge” esa 2 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni turning markaziy o‘yinlaridan birida Niko Kovach boshqaruvidagi Myunxenning “Bavariya” klubi Londonda Maurisio Pochettino boshliq “Tottenhem”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida “shporlar” hujumchilari Son Hyon Min (12) hamda Harri Keyn (61, penalti) bittadan golga mualliflik qildi. Myunxenliklardan esa Serj Gnabri (53, 55, 83, 88) pokerga erishdi, Robert Levandovski (45, 87) dubl qayd etgan bo‘lsa, Yozua Kimmix (15) ham o‘z nomiga bitta golni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Bavariya” safarda kechgan bahsda “Tottenhem”ni yirik 7:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Myunxen klubi ochkolari sonini 6 taga yetkazib, “B” guruhida peshqadamga aylanib oldi. “Tottenhem” esa 1 ochko bilan 3-pog‘onadan joy oldi.

“D” guruhida Mauritsio Sarri boshchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Bayer Leverkuzen”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvda “keksa sinyora” a’zolari Gonsalo Iguain (17), Federiko Bernardeski (61) hamda Krishtianu Ronaldu (88) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa “Yuventus” o‘z uyida kechgan bahsda “Bayer” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, ishonchli g‘alabaga erishdi (3:0).

Qayd etish joiz, turinliklar 4 ochko jamg‘argan holda guruhda yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. So‘nggi o‘rinda borayotgan “Bayer” esa birorta ham ochko yig‘a olmadi.

YChL

2-tur bahslari

1-oktabr, seshanba

“A” guruhi

Gollar: 0:1 — 9 Bonaventure, 0:2 — 39 Bonaventure, 1:2 — 55 Ramos, 2:2 — 85 Kazemiro

Gol: 0:1 — 52 Ikardi

“B” guruhi

Gollar: 1:0 — 12 Son Hyon Min, 1:1 — 15 Kimmix, 1:2 — 45 Levandovski, 1:3 — 53 Gnabri, 1:4 — 55 Gnabri, 2:4 — 61, penalti Keyn, 2:5 — 83 Gnabri, 2:6 — 87 Levandovski, 2:7 — 88 Gnabri

Gollar: 0:1 — 37 Ruben Semedu, 1:1 — 62 Vulich, 2:1 — 87 Milunovich, 3:1 — 90 Boachi

“C” guruhi

Gollar: 1:0 — 28 Sapata, 1:1 — 41 Morayes, 1:2 — 90 Solomon

Gollar: 1:0 — 66 Sterling, 2:0 — 90 Foden

“D” guruhi

Gollar: 1:0 — 17 Iguain, 2:0 — 61 Bernardeski, 3:0 — 88 Ronaldu

Gollar: 0:1 — 48 Joau Feliks, 0:2 — 58 Tomas



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют