» » TIV: Turk deputatining uyida o‘lgan Nodira Qodirova bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olingan

TIV: Turk deputatining uyida o‘lgan Nodira Qodirova bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olingan


O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 23 yoshli Nodira Qodirovaning Anqaradagi fojiali o‘limi bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

“Anqara shahri prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Xususan, guvohlar so‘roq qilinmoqda, telefon suhbatlari va elektron yozishmalar mazmuni o‘rganilyapti”, — deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Qayd etilishicha, tergov organlari sud-tibbiy ekspertiza xulosasini kutmoqda. Shuningdek, elchixona xodimlari Turkiyada yashaydigan o‘zbek diasporasi vakillarining mazkur masala bo‘yicha savollariga javob berayotgani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning uyida 1 yildan beri ishlab kelayotgan 23 yoshli o‘zbekistonlik Nodira Qodirova 23-sentabr kuni o‘z joniga qasd qilgan edi.

Nodira Qodirovaning yaqinlari marhumaning zo‘rlanganini taxmin qilayotgan bir paytda prokuror uni fohishalikda gumon qilgan.

Ushbu masala Turkiya parlamenti kun tartibiga kiritildi. Turkiya parlamentidagi muxolif partiya deputati Sera Kadigilning so‘zlariga ko‘ra, “jamoatchilik ko‘ngilsiz hodisa hukmron partiya deputatining uyida sodir bo‘lgani bois yopdi-yopdi qilinyapti, degan fikrga bormoqda”. U adliya vaziriga bir qator savollar bilan deputatlik so‘rovi yuborgan.

Mavzuga doir:

O‘zbekistonlik qiz turkiyalik deputatning uyida o‘z joniga qasd qildi

Turk deputatining uyida o‘zini o‘ldirgan Nodira Qodirovani prokuratura fohishalik qilganlikda aybladi

Nodira Qodirova ishi. Turkiya parlamentining muxolif deputati adliya vaziridan oltita savolga javob talab qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют