» » Donald Tramp dollarning mustahkamlanishida Federal rezerv tizimini aybladi

Donald Tramp dollarning mustahkamlanishida Federal rezerv tizimini aybladi


AQSh prezident Donald Tramp bazaviy foiz stavkasi pasaytirgandan keyin ham dollarning mustahkamlangani uchun Federal rezerv tizimi faoliyatini tanqid qildi. Trampning hisoblashicha, bu ishlab chiqarishga salbiy ta’sir qilgan, deb xabar beradi “Kommersant”.

“Taxmin qilganimdek, Jey Pauel (FRT rahbari) va Federal rezerv tizimi dollarning boshqa valyutalarga nisbatan shu qadar kuchli qilib yubordiku, ishlab chiqaruvchilarimiz o‘zlarida salbiy ta’sirni his qilmoqda. Juda yuqori qiymat. Buni anglamasa-da, ular o‘ziga o‘zi eng katta dushman. Afsus!”, — deb yozadi Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

FRT sentabr oyi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda bazaviy foiz stavkasini 2—2,25 foizdan 1,75—2 foizga pasaytirgan edi. A’zolarning deyarli yarmi yil oxiriga qadar yanada pasaytirishga ovoz bergan. Navbatdagi yig‘ilish oktabr oxirida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют