» » Dallas politsiyasining sobiq xodimasi qotillikda aybdor deb topildi. U uyini boshqa qavatdagi kvartira bilan adashtirib, qo‘shnisini otib qo‘ygandi

Dallas politsiyasining sobiq xodimasi qotillikda aybdor deb topildi. U uyini boshqa qavatdagi kvartira bilan adashtirib, qo‘shnisini otib qo‘ygandi


Dallas shahri vakillar sudi politsiya sobiq xodimi Amber Gaygerni qo‘shnisi Botam Shemning o‘ldirilishida aybdor deb topdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Gaygerga hukm hali chiqarilgani yo‘q. Unga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.

Amber Gayger 26 yashar afroamerikalik Botam Shemni 2018-yil avgustida o‘ldirgandi. 15 soatga cho‘zilgan smenadan so‘ng uyiga qaytgan Amber bu yerda erkak kishini ko‘rib qolib, uni bosqinchi deb o‘ylaydi va otib tashlaydi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, Gayger qavatlarni adashtirib, tasodifan Shemning kvartirasiga kirib qolgan.

Gayger hibsga olingan, biroq 300 ming dollar garov puli evaziga ozodlikka chiqqandi. Aybini tan olgan ayol politsiyadan ishdan bo‘shatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют