» » Tramp dollar mustahkamlangani uchun Federal zaxira tizimi faoliyatini tanqid qildi

Tramp dollar mustahkamlangani uchun Federal zaxira tizimi faoliyatini tanqid qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Federal zaxira tizimi (FZT) faoliyatini qayta moliyalashtirish stavkasi pasaygani sababli dollar mustahkamlangani uchun tanqid qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Jey Pauell va FZT dollarga barcha boshqa valyutalarga nisbatan shunchalik kuchli bo‘lishga imkon berdiki, ishlab chiqaruvchilarimiz buning salbiy ta’sirini o‘zlarida sezmoqda. Ular o‘zlariga eng katta dushman, garchi buni tushunib yetmayotgan bo‘lsalar ham. Afsus!” — deya yozuv qoldirgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.

FZT sentabrdagi yig‘ilishi yakuni bilan qayta moliyalashtirish stavkasini 2—2,25 foizdan 1,75—2 foizgacha tushirgandi. Tizim boshqaruv a’zolarining deyarli yarmi yil oxirigacha foiz stavkasini yana tushirish uchun ovoz berdi. FZTning kelgusi yig‘ilishi oktabr oyi oxirida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют