» » Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi OTMlar reytingini tuzishda qatnashadi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi OTMlar reytingini tuzishda qatnashadi


Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimachalar kiritildi.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risida” 2000-yil 16-avgustdagi 325-son qarorining 4-bandi o‘zgardi.

“Attestatsiya jarayonini adolatli va xolisona o‘tkazish uchun Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi bilan birgalikda har yilning avgust oyida oliy ta’lim muassasalari reytingi haqidagi ma’lumotni Respublika komissiyasiga taqdim etsin”, — deya qayd etilgan avvalgi tahrir:

“4. Attestatsiya jarayonini adolatli va xolisona o‘tkazish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan birgalikda har yili avgust oyida oliy ta’lim muassasalari reytingi haqidagi ma’lumotni Respublika komissiyasiga taqdim etsin”ga o‘zgartirildi.

Avval Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan birga oliy ta’lim muassasalari reytingi haqidagi ma’lumotni Respublika komissiyasiga taqdim etgan bo‘lsa, Hukumat qaroriga muvofiq endi ushbu vazifa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markaziga topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют