» » O‘zbekistonda o‘qituvchilarning attestatsiyasi soddalashtirildi

O‘zbekistonda o‘qituvchilarning attestatsiyasi soddalashtirildi


Joriy yilning 13-may kuni Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar qiladi Xalq ta’lim vazirligi.

Qarorda belgilanishicha, pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari yanada soddalashtirildi. Xususan, pedagog arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Ahamiyatlisi, navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagoglarga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.

Shuningdek, ilmiy darajaga ega, ya’ni fan nomzodi, falsafa doktori yoki fan doktorlari attestatsiyaga jalb etilmaydi. Nafaqa yoshidagi pedagoglar esa o‘z xohishiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiyaga jalb etilmagan pedagoglarning mavjud malaka toifa va lavozimlari ta’lim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qoladi.

Hujjatga ko‘ra, attestatsiya jarayonida suhbatdan to‘liq voz kechiladi. Hududiy boshqarma hamda tuman (shahar) komissiyalari tarkibiga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari kiritiladi.

Xalq ta’limi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari hamda oliy ta’lim muassasalari, tuman (shahar) va muassasalar tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar attestatsiya komissiyalari tuziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют