» » O‘zbekistonda ikkinchi malaka toifali pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun ham yig‘im undiriladigan bo‘ldi

O‘zbekistonda ikkinchi malaka toifali pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun ham yig‘im undiriladigan bo‘ldi


Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zda tutadi.

Qaror loyihasida birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida yig‘im undirilishi haqidagi band saqlanib qolindi. Mazkur yig‘im Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hisobiga yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, ikkinchi malaka toifali hamda ushbu malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig‘im undirilishi haqida qo‘shimcha kiritilmoqda.

O‘rnatilayotgan yig‘im Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Shuningdek, attestatsiya uchun zarur bo‘ladigan nazorat-sinov materiallarini shakllantirish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash hamda ushbu jarayonga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va jalb etilgan mutaxassislar mehnati uchun sarflanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют