» » O‘zbekistonda tadbirkorlarni faqat attestatsiyadan o‘tgan xodimlar tekshiradi

O‘zbekistonda tadbirkorlarni faqat attestatsiyadan o‘tgan xodimlar tekshiradi


Hukumat qarori bilan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga ko‘ra, endilikda tadbirkorlarni tekshirish faqatgina belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

Attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan xodimlar soni, shuningdek, ularga qo‘yiladigan kasbiy talablar har bir nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilanadi. Xodimlar bunda uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Quyidagilar attestatsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Yuqori malakaga, tashabbuskorlikka, javobgarlikka ega xodimlar toifasini aniqlash;

Xodimlarning kasb tayyorgarligini, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish zarurligini aniqlash;

Tadbirkorlar faoliyatini tekshirishni tashkil qilishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish;

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish jarayonida korrupsiya holatlarini bartaraf etish va qonuniylikni ta’minlash.

Attestatsiya komissiyasi attestatsiya sifatli va xolisona o‘tkazilishi uchun javob beradi.

Oldin tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini olgan, biroq mazkur faoliyatni tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga tayinlangan, shuningdek, ushbu sohada qonunchilik buzilishi munosabati bilan bunday huquqdan mahrum etilgan xodimlar attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan xodimlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan o‘tgan xodimga maxsus guvohnoma beriladi.

Attestatsiyadan o‘tmagan xodimga tadbirkorlar faoliyatini tekshirish man etiladi. Nazorat qiluvchi organ rahbari mazkur xodimni tadbirkorlar faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga o‘tkazishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют