» » Davlat xizmatlari markazlari xodimlari navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazildi

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazildi


Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish, jismoniy va yuridik shaxslar ovoragarchiligi, sansolarligini oldini olish, ularni sohaga oid malakali maslahatdan foydalanishlarini ta’minlash maqsadida Davlat xizmatlari markazlari xodimlari navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Attestatsiya natijalariga asosan attestatsiyadan o‘tkazilgan 1201 nafar xodimdan 204 tasi (17 %) egallab turgan lavozimiga noloyiq va 308 (26%) tasi egallab turgan lavozimiga shartli ravishda loyiq deb topilgan.

Egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan xodimlar bilan mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini bekor qilish choralari ko‘rilgan.

Shuningdek, malakaviy ko‘nikmalarini va sohaviy bilimlarini oshirish hamda amaldagi qonun hujjatlarini puxta o‘zlashtirish maqsadida egallab turgan lavozimiga shartli ravishda loyiq deb topilgan xodimlar

6 oyda so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tkazilishi belgilangan.

Davlat xizmatlari markazlari xodimlarini navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, Agentlik o‘z oldiga qo‘ygan pirovard maqsadi, ya’ni tezkor, qulay va shaffof davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini jadallashtirishga qaratilgandir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют