» » “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoiysi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoiysi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, nizomda vazirlikning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi belgilandi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi huquqiy asosi belgilab berildi.

Unga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘lari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiy bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish kabi maqsadlarga sarflanadi.

Qaror bilan, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoiysi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Ko‘krak nishoni bilan faoliyatida yuqori natijalarga erishgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida ishlayotgan xodimlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlari xodimlari mukofotlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют