» » Shavkat Mirziyoyev “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, Bosh prokuratura huzurida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi;

2018-yil 1-iyuldan Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha markaz negizida loyihalar, jumladan, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish uchun mas’ul bo‘lgan Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etiladi.

2018-yil 1-avgustdan quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi;

Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi;

Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi;

“O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi;

“O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi tugatiladi.

G‘o‘za urug‘chiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urug‘chiligi respublika markazi negizida, urug‘liklar, jumladan, paxta va boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash hamda ulardan foydalanishning yagona va zamonaviy tizimini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi;

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi negizida Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etiladi.

Markaz mamlakatning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan agrar fan sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirib boradi.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xodimlarni rag‘batlantirish jamg‘armasi negizida:

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi;

Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют