» » Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi


10-dekabr kuni Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni Prezident matbuot xizmati tomonidan keltirildi.

“Qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, barcha qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirib, xalqimizning rizq-ro‘zi va farovonligini, yurtimizning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, agrar sektorda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin”, — deyiladi hujjat matnida.

Farmonga binoan, bir qator soha vakillari “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” unvonlari, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari, “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют