» » Investitsiya loyihalarining loyihadan oldingi hujjatlari sifati oshiriladi

Investitsiya loyihalarining loyihadan oldingi hujjatlari sifati oshiriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspert baholash agentligini tugatish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Import shartnomalarini investitsiya loyihalarini, shu jumladan, tayyor holda topshiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida sotib olinadigan uskunalar, texnika va texnologiyalarning narx ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish uchun vakolatli organ etib “O‘zbekekspertiza” AJ belgilandi.

Hukumat “O‘zbekekspertiza” faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi, shu jumladan, uning faoliyatiga eksport-import operatsiyalarini marketing jihatidan tahlil qilish sohasidagi tajribali va malakali mutaxassislarni jalb etishi kerak.

Soha bo‘yicha vazirlik va idoralar — investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga tender va loyihadan oldingi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha o‘z kengashlarini tuzish topshirildi.

Qaror loyihadan oldingi hujjatlarni tayyorlash sifatiga zarar yetkazmagan holda,  investitsiya loyihalarini ishlab chiqish mexanizmini takomillashtirish va ularni tayyorlash jarayonini tezlashtirish, shuningdek, ularni ekspertizadan o‘tkazish tartibini soddalashtirish uchun ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan qulay sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют