» » Prezident devoni faoliyati takomillashtirildi

Prezident devoni faoliyati takomillashtirildi


Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish va tuzilmasini maqbullashtirish, shuningdek uning tarkibiy tuzilmalari vazifalari va funksiyalaridagi takrorlanishlarni bartaraf etish, ularni ajratish va aniqlashtirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi (pdf).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining axborot-tahlil va tashkiliy-nazorat organi hisoblanadi. Devon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va bevosita unga hisobdordir.

Devonning asosiy vazifalari quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash;

aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kadrlarga oid davlat siyosatini, shuningdek davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash;

davlatning ichki va tashqi siyosati asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini muhofaza qilish, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

oliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlashda ko‘maklashish;

mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishini ta’minlashda ko‘maklashish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi, ularga o‘z ustavlarida belgilangan maqsad va vazifalarini amalga oshirishlariga teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilishi kafolatlarini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari bilan ularning demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdagi rolini oshirish borasida samarali hamkorlik qilish;

davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish holati hamda tendensiyasini tahlil qilish, uning natijalari bo‘yicha samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosatini o‘tkazish, ilm-fanni, madaniyatni, ta’limni, sog‘liqni saqlashni, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tuzilmalarning, shuningdek uning vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi maslahat va kengash organlarining faoliyatini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy hamda protokol jihatidan ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini tashkil etish va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Devon tarkibiga quyidagilar kiradi:

Devon tarkibiga, shuningdek asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarori bilan belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati ham kiradi.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют