» » Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkentdagi O‘zbekiston ko‘chasiga uning nomi berildi

Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkentdagi O‘zbekiston ko‘chasiga uning nomi berildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini birlashtirib turuvchi O‘zbekiston ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

Toshkent shahar hokimligi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют