» » Buxoroda Islom Karimov nomini olishi mumkin bo‘lgan ko‘chalar belgilandi

Buxoroda Islom Karimov nomini olishi mumkin bo‘lgan ko‘chalar belgilandi


Buxoro shahridagi markaziy ko‘chalardan biriga O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nomi beriladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Geografik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasi tomonidan Buxoro shahri Abduxoliq G‘ijduvoniy ko‘chasi hamda O‘zbekiston Mustaqilligi ko‘chasining Piridastgir ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan hududga Islom Karimov nomini berish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, 25-yanvar kuni Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi Prezident qarori e’lon qilingan edi. Qarorda barcha viloyatlarning markaziy ko‘chalariga Islom Karimov nomi qo‘yilishi ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkent xalqaro aeroporti va boshqa qator obyektlarga Islom Karimov nomi beriladi

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют