» » Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axboroti

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axboroti

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axboroti

Aziz vatandoshlar, 

Yuragimizda chuqur qaygu bilan barchamiz uchun qadrli bolgan Prezidentimiz Islom Abduganiyevich Karimov vafot etganini malum qilamiz. Islom Abduganiyevich 2016 yil 2 sentabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan ozgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining otkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi. 

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarixiy shaxs edi. Islom Karimovning qatiyati va jasorati bilan respublikamiz mustaqillikka erishdi va oz taraqqiyot yolida ulkan muvaffaqiyatlarni qolga kiritdi. Yosh davlatimiz uchun goyat murakkab va masuliyatli davrda vaziyat beqarorlashuvining oldi olingani va xalqimizning urush dahshatlarini kormasdan eson-omon otishi bevosita Islom Karimov nomi bilan bogliq. 
Xalqimizning cheksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinchi Yolboshchisi Islom Abduganiyevich Karimov qalblarimizda abadiy qoladi va kelajak avlodlar xotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashaydi. 

Barchamiz uchun qadrli bolgan Prezidentimizning vasiyatiga kora, Islom Karimov shu yil 3 sentabrda ota-onasi mangu qonim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi. 

Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bilan vidolashuv marosimi 2016 yil 3 sentabrda Samarqand shahrida bolib otadi. 

Biz barchamiz uchun ota ogir judolik munosabati bilan marhumning oila azolari va butun Ozbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz. 

Ozbekiston Respublikasi                                                                     Ozbekiston Respublikasi  
       Oliy Majlisi                                                                                            Vazirlar Mahkamasi
: MusTanG (2-09-2016, 23:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -