» » Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtoyo‘l” o‘rniga Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasini tashkil etish haqida farmon qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtoyo‘l” o‘rniga Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasini tashkil etish haqida farmon qabul qildi


“O‘zavtoyo‘l” (O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi) tugatiladi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni imzolagan “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda belgilab qo‘yilgan.

Tugatilayotgan kompaniya negizida O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasiga bir hafta muddatda yangi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini nazarda tutadigan Prezident qarori loyihasini tayyorlash haqida ko‘rsatma berilgan.

Farmon “avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yo‘l xo‘jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to‘laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida” qabul qilingan.

Farmonda ko‘rsatilishicha, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi majburiyatlar va shartnomalar, shu jumladan, xalqaro shartnomalar bo‘yicha “O‘zavtoyo‘l”ning huquqiy vorisi hisoblanadi hamda avtomobil yo‘llari sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib:

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Ayni vaqtda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlariga, shu jumladan, investitsiya loyihalari va mukammal ta’mirlash obyektlarini texnik-iqtisodiy asoslashni (texnik-iqtisodiy hisob-kitobni), avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash obyektlarining ish hujjatlarini va avtomobil yo‘llarini jihozlash bo‘yicha tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga yuklanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 21:20)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют