» » O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysundirildi

O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysundirildi


Shu vaqtgacha O‘zbekiston Moliya vazirligi huzurida faoliyat olib borgan Respublika yo‘l jamg‘armasi endi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysundiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 14-fevraldagi farmonida belgilab qo‘yilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtoyo‘l” o‘rniga Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasini tashkil etish haqida farmon qabul qildi

Farmonga muvofiq, quyidagilar jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilangan:

Respublika yo‘l jamg‘armasiga mablag‘larni yig‘ish va tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish funksiyasi Davlat soliq qo‘mitasiga, Davlat bojxona qo‘mitasiga va Ichki ishlar vazirligiga, uning mablag‘laridan foydalanilishi ustidan nazorat qilish funksiyasi esa Moliya vazirligiga yuklanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etiladi

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy yig‘imlar hisoblanadi, ularning miqdori har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tasdiqlanishi bilan bir vaqtda belgilanadi”, — deyiladi Prezident farmonida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 21:36)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют