» » Shavkat Mirziyoyev Imom Termiziy markazini tashkil etish haqida qaror qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Imom Termiziy markazini tashkil etish haqida qaror qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qarorda qayd etilishicha, ilmiy-tadqiqot markazni tashkil etish taklifi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan bildirilgan. Markaz O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida tashkil etiladi.

Prezident qarorida ko‘rsatilishicha, markaz faoliyati O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Termiziy yodgorlik majmuasi, homiylik xayriyalari hamda xorijiy mamlakatlar va xalqaro diniy-ilmiy markazlarning mablag‘ va grantlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Hujjat, qayd etilishicha, “islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish” maqsadida qabul qilingan.

Imom Termiziy xalqaro markazining asosiy vazifalari etib:

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda bir oy muddatda Imom Termiziy markazining tuzilmasi va nizomini tasdiqlashi, uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashi kerak.

Surxondaryo viloyati hokimligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligiga esa “mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda” bir oy muddatda markaz binosi va uning kutubxonasini qurish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi zarur.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют