» » Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi Iso Termiziy ziyoratgohida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi Iso Termiziy ziyoratgohida bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Sherobod tumanidagi Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

“Buyuk vatandoshimiz huquqshunoslik, tabiatshunoslik, tabobat, ilmu nujum, tilshunoslik, axloq va boshqa ko‘plab sohalarda asarlar yaratgan. Musulmon olamida buyuk muhaddislaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan ulug‘ ajdodimizning bebaho merosi bugungi kunda ham keng o‘rganilmoqda”, — deyiladi O‘zA axborotida.

2016-yil oktabr oyida Shavkat Mirziyoyev mazkur ziyoratgohga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, quruvchilarga tegishli ko‘rsatmalar bergan edi.

Mavzuga doir: Shodi bobo, Salomat momo va O‘zbekiston Prezidenti. Kun fotosi

Ayni paytda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari keng miqyosda davom etmoqda. Majmua yonidagi qabriston obodonlashtirildi, 4,5 kilometr yo‘lga asfalt yotqizildi, suv, elektr energiyasi va gaz tarmoqlari tortildi.

O‘zbekiston Prezidenti bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, majmuani obod maskanga aylantirish, ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Angordagi ipak qurti yetishtiradigan korxona loyihasi bilan tanishdi

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют