» » “Umra—2017” bahor mavsumida o‘zbekistonlik 5350 nafar fuqaroning ziyoratga borishi rejalashtirilgan

“Umra—2017” bahor mavsumida o‘zbekistonlik 5350 nafar fuqaroning ziyoratga borishi rejalashtirilgan


Respublika haj va umra tadbirlarini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tavsiyasi bilan tashkil etilgan “Umra—2017” bahor mavsumi davomida 5350 nafar fuqaroning ziyoratga borishi rejalashtirilgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi. 

Mavsum davomida ziyoratchilarga Saudiya Arabistonida 8 nafar ishchi guruh, 8 nafar oshpaz va 27 nafar shifokor xizmat ko‘rsatadi.

O‘n kunlik umra safari davomida o‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun bo‘lib, “Nur Mavadda” mehmonxonasida istiqomat qilishi rejalashtirilgan. Makka shahrida esa Haram masjididan 500-600 metr masofada joylashgan “Abroj Kisva” mehmonxonasi ziyoratchilarni kutib olishga shay holatga keltirilgan bo‘lib, umrachilar u yerda 7 kun davomida bo‘ladi.

Umra ziyoratiga tayyorgarlik doirasida barcha ziyoratchilar mavsumiy kasalliklarga qarshi emlanib, davlat ramzi tushirilgan kamzul va sumkalar bilan ta’minlanadi. Safar oldidan ularga umra safarining mohiyati, uni ado etishga doir masalalar guruh rahbarlari tomonidan tushuntiriladi.

Ziyoratchilarni “Toshkent” xalqaro aeroportidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ullari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda kuzatiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, “Umra—2017” bahor mavsumi ziyoratchilarini kuzatish 20-fevraldan 1-aprelga qadar davom etadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют